Kerakli dasturlar
Python dasturlash tili muhitini o'rnatish
Pythonni o'rnatish
python.org saytiga kiramiz va pythonni yuklab olamiz

Yuklab olgach o'rnatishni boshlaymiz

Kutamiz!!!!!

IDE (Integrated development environment)
Dastur yozish uchun juda ko'plab muhitlar mavjud. Hatto oddiy matn muharririda ham kodingizni yozishingiz mumkin. Ingliz tilida dasturlash muhiti - IDE (Integrated Development Environment) deyiladi.
Python Shell



Visual Studio Code
VS code - Python tilida kod yozich uchun mo'ljallangan dasturlash muhiti va bizning asosiy ish qurolimizdir.
VS codeni quyidagi saytdan yuklab olishingiz mumkin

Yuklab olingan faylni ochamiz:






Qo'shimcha ma'lumotlarni bu yerdan yoki bu yerdan o'rganishingiz mumkin.
VS code bilan ishlash
Endi esa dasturchilar birinchi yozadigan, ananaviy "Hello World!" dasturini tuzamiz.
Buning uchun VS code yuqorisidagi menuda File --> New File bo'limini tanlaymiz yoki klaviaturada Ctrl+N tugmalarini bosamiz. Keyin esa unga nom beramiz. Buning uchun yana yuqoridagi menuda File --> Save As... bo'limini tanlaymiz yoki Ctrl + shift + S tugmalarini bosamiz.
Fayllarni nomlash bazi cheklovlar mavjud:
fayl nomi bo'shliqsiz, kichkina lotin harflaridan iborat bo'lishi kerak
fayl nomi .py kengaytmasi bilan tugashi kerak (masalan, python.py)
agar fayl nomi bir so'zdan ko'p bo'lsa, unda so'zlarni orasini tire(-) yoki pastki chiziq (_) bilan ajratishingiz mumkin. Masalan, fayl_nomi.py yoki fayl-nomi.py
fayl nomi sonlar bilan boshlanmasligi kerak
Keling endi hello_world.py degan bitta fayl yaratamiz:

Quyidagi kodni VS codeni kod yozish uchun mo'ljallangan qismiga kiritamiz:
print('Hello World!')
print() - bu python dasturlash tilidagi ekranga(terminalga) chop etuvchi funksiya hisoblanadi
Kodimizni bajarish uchun Run tugmasini bosamiz. Agar terminalga Hello World! chiqqan bo'lsa, demak siz dasturlash pillapoyasidagi birinchi qadamni muvaffaqiyatli bosib o'tdingiz.
Amaliyot
Pythonni mustaqil o'rnatish
VS codeni o'rnatish sozlash
Yangi fayl yaratish va quyidagi kodlarni sinab ko'rish
print('Salom Python')
print(Assalomu alaykum)
print(123456789)
print(5+6*7)
print(25/15)
print(5 + 2**3)
Last updated
Was this helpful?