Python dasturlash tili sintaksisi
Har bir tilning o'z sintaksisi mavjud. Bugun biz siz bilan Python dasturlash tili sintaksisini ko'rib chiqamiz.
PYTHON SINTAKSISI
Python tilining sintaksisi ham tilning o‘zi kabi juda sodda.

Satrning yakuni ifodaning ham yakuni hisoblanadi (nuqtali vergul talab etilmaydi).
Pythonda sintaksis juda sodda tuzilishga ega. Quyida “Salom dunyo” gapini ekranga chiqaruvchi kod ko’rsatilgan:
print('Salom Dunyo')
Har bir qator boshidagi bo'sh joy(отступ) muhim ahamiyatga ega. Kiritilgan amallar bosh joylarning kattaligiga qarab bloklarga birlashadi. Bosh joy istalgancha bo'lishi mumkin asosiysi bitta kiritilgan blok chegarasida bo'sh joy bir xil bolishi kerak. Noto'g'ri qoyilgan bo'sh joylar xatolik yuz berishiga olib kelishi mumkin. Bitta probel bilan bo'sh joy hosil qilish yaxshi qaror emas uni orniga to`rta probel yoki Tab belgisini ishlatish kerak.
Odatda dasturlash tillarida abzats kodni oson o’qilishi uchun ishlatiladi. Ammo Pythonda abzats kodning blokini ajratib ko’rsatadi. Misol keltiramiz:
if 5 > 2: print("Besh ikkidan katta")
Agar kodimizni hech qanday probellarsiz yozsak dasturda xatolik yuz beradi:
Pythonga kiritilgan amallar bir xil shablonda yoziladi. Bunda asosiy amal ikki nuqta bilan tugatiladi va uning orqasidan kiritilgan blok kodi ham joylashadi. Odatda, asosiy amalning ostidagi satr bo`sh joy bilan ajratiladi. Bazan bir nechta amalni bitta satrga nuqtali vergul bilan ajratgan holda yozish mumkin. Buni ko'p ham qo'llamang! Yaxshisi bunday qilmang, o`qishga noqulay.
PYTHONDA IZOHLAR(COMMENTS)
Izohlar quyidagi holatlarda ishlatiladi:
Koddagi bajarilayotgan ishlarni tushuntirish uchun;
Kodning o’qilishini yanada osonlashtirish uchun;
Kodning ba’zi qismlarini vaqtincha hisobga olmay turish uchun;
Izohlarni hosil qilish
Izohlar # belgisi bilan hosil qilinadi va python o’sha qismni kod deb qabul qilmaydi:
# Bu yerda izoh bor
print("Salom dunyo")
Izohlarni kod yozilgan qator oxiriga yozish ham mumkin:
print("Salom dunyo") #Bu yerda izoh bor
Kodning biror qismini izohga kiritsak o’sha qism natija bermaydi. Quyidagi holatda Salom dunyo jumlasi ekranga chiqmaydi:
# print ("Salom dunyo")
print ("Dasturlashni o'rganamiz")
Izohlar dastur kodini o'qiyotganlar uchun foydali bo'ladi va dastur nima qilishini oson tushunishga yordam beradi. Unga yechimdagi muhim joylarni, muhim bo'lgan qismlarni yozish mumkin.
Ko’p qatorli izohlar
Python ko’p qatorli izohlar hosil qilish uchun alohida belgiga ega emas . Shuning uchun har bir qator uchun alohida # belgisi ishlatiladi. Ammo 3 talik qo’shtirnoq ichiga yozilgan matnni o’zgaruvchiga biriktirilmasa ko’p qatorli izoh sifatida ishlatish mumkin:
"""
Bu izoh
ko'p qatorli
izohdir
"""
print("Dasturlashni o'rganamiz")
PRINT()

print() - funksiyasi ma'lumotlarni konsol(ekran)ga chiqarish uchun foydalaniladi.
print('Salom Python')
Natija: Salom Python
print(Salom Python)
Natija: SyntaxError: invalid syntax
Bu safar esa Salom Dunyo
yozuvi o'rniga, Syntax Error (sinteks xatolik) xabari chiqdi. Xatolik qayerda?
Avval aytganimizdek, print() funktsiyasi matn yoki ifodalarni konsolga chiqarish vazifasini bajaradi. Lekin bu funktsiya to'g'ri ishlashi uchun bir nechta qoidalarga amal qilish lozim. Jumladan, agar konsolga matn chiqarmoqchi bo'lsak, matnimiz albatta qo'shtirnoq yoki (" "
) yoki birtirnoq(' '
) orasida yozilishi kerak. Demak Assalomu Aleykum
so'zini konsolda chiqarish uchun to'g'ri kod:
print("Assalomu Aleykum")
Yoki aksincha:
print('Assalomu Aleykum')
Natija: Assalomu Aleykum
Bu ikkala kod ham bizga bir hil natija chiqarib beradi.
Qo'shitrnoq yoki birtirnoq ishlatishning afzalliklaridan biri, agar siz chiqarmoqchi bo'lgan matnda ikkovidan biri qatnashgan bo'lsa, print()
funktsyasida ikkinchisidan foydalanasiz. Keling quyidagi misolni ko'ramiz:
print('Men "Python" kursiga boryapman.')
Natija: Men "Python" kursiga boryapman.
Yuqoridagi matnda "Python"
so'zi qo'shtirnoq ichida edi. Bu matnni konsolga chiqarish uchun esa, print()
funktsyasi ichida matnni birtirnoq ichiga oldik.
Agar matnni bir necha qatorga bo'lib yozish talab qilinsa, uchtalik qo'shtirnoq(""" """)
yoki birtirnoqdan (''' ''')
foydalanish mumkin:
print("""Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,
Sen oʻzing do'stlarga yoʻldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!""")
Natija:
Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,
Sen oʻzing do'stlarga yoʻldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Qatorga bo'lishning yana bir usuli, qator so'nggida \n
belgisini qo'yish.
print("Serquyosh, hur o'lkam, elga baxt, najot,\nSen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!\nYashnagay to abad ilmu fan, ijod,\nShuhrating porlasin toki bor jahon!")
Natijamiz oldingidek bo'ladi.
Yuqoridagi matnni birtirnoq orqali ham konsolga chiqarish mumkinmi? Matndagi o'lkam, o'zing, do'stlarga, yo'ldosh
so'zlaridagi birtirnoqlar bunga to'sqinlik qiladi.
Buning oldini olish uchun esa matndagi birtirnoq belgisidan avval \
belgisini qo'yish lozim.
print('Serquyosh, hur o\'lkam, elga baxt, najot,\nSen o\'zing do\'stlarga yo\'ldosh, mehribon!')
Natija:
Serquyosh, hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yuqoridagi kodga e'tibor bergan bo'lsangiz "o'lkam" so'zi o\'lkam
ko'rinishida "o'zing" so'zi esa o'zing
ko'rinishida yozilgan. Umuman olganda \
belgisi har qanday mahsus belgi oldidan qo'yiladi.
Agar yuqordagi kodimizda \
belgisini ishlatmaganimizda natija qanday bo'lar edi?
print('Serquyosh, hur o'lkam, elga baxt, najot,\nSen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!')
Natija: SyntaxError: invalid syntax
sep va end haqida
# sonlar orasida belgi bilan chiqarish
print(1, 2, 3, sep=';')
Natija: 1;2;3
# sonlar oxirida belgi bilan chiqarish
print(1, 2, 3, end='?')
Natija: 1 2 3?
AMALIYOT
print('Salom Python')
# Salom Python konsolga chiqadi
print(Assalomu alaykum)
print(123456789)
print(5+6*7)
print(25/15)
print(5 + 2**3)
Last updated
Was this helpful?