O'zgaruvchilar. Sonlar va arifmetik amallar
Pythonda o'zgaruvchilar, sonlar va arifmetik amallar bilan ishlashni o'rganamiz
O'ZGARUVCHI (VARIABLE)
O'zgaruvchi - bu ma'lumotni saqlash uchun foydalanishingiz mumkin bo'lgan xotiradagi maydon bilan bog'liq bo'lgan manba kodidagi nom.
kurs = 'Pythonda Dasturlash'
print(kurs)
O'zgaruvchi (variable) bunday deyilishiga sabab, uning qiymati istalgan vaqt o'zgartirilishi mumkin:
kurs = 'Pythonda Dasturlash'
print(kurs)
kurs = 'Django Framework'
print(kurs)
O'zgaruvchini nomlash
O’zgaruvchilar harflar yoki so’zlar bilan ifodalanishi mumkin. Ularni ifodalash uchun ayrim qoidalar mavjud:
O’zgaruvchi nomi harf yoki tag chiziq bilan boshlanishi kerak
O’zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanmasligi kerak
O’zgaruvchi nomi faqat harflar, raqamlar va tag chiziqdan iborat bo’lishi mumkin
O’zgaruvchi nomlari katta-kichik harflarni farqlaydi (ism, iSm, ISM – bular 3 xil o’zgaruvchilar)
O’zgaruvchi nomi orasida bo’shliq (probel) bo’lmasligi kerak
# To'g'ri nomlangan o'zgaruvchilar:
myvar = "Python"
my_var = "Python"
_myvar = "Python"
myVar = "Python"
MYVAR = "Python"
myvar2 = "Python"
# Noto'g'ri nomlangan o'zgaruvchilar:
2myvar = "Python"
my-var = "Python"
my var = "Python"
O'zgaruvchilarga Pythonda ishlatiladigan funktsiyalar va maxsus kalit so'zlarning (keywords) nomini bermang.
Bir nechta o’zgaruvchiga qiymat o’zlashtirish
Pythonda bir nechta o’zgaruvchiga qiymatlarni bir qatorning o’zida o’zlashtirish mumkin:
a, b, c = "Acer", "Asus", "Lenovo"
print(a) # Acer
print(b) # Asus
print(c) # Lenovo
Va aksincha, bir qiymatni bir nechta o’zgaruvchiga o’zlashtirish ham mumkin:
a = b = c = "Dell"
print(a)
print(b)
print(c)
Ma'lumot turlari
O'zgaruvchilar biror bir turdagi berilganlarni saqlaydi. Pythonda bir necha xildagi berilganlar turlari mavjud bo'lib, ular odatda to'rtta guruhga ajratiladi: sonlar, ketma-ketliklar, lug'atlar va to'plamlar:
bool (boolean) – True va False mantiqiy qiymatlar uchun
int – butun sonlar uchun
float – haqiqiy sonlar uchun
complex – kompleks sonlar uchun
str – satrlar uchun
bytes – 0-255 diapazondagi sonlar ketma ketligi uchun
byte array – baytlar massivi uchun
list – ro'yхatlar uchun
tuple – o'zgarmas ro'yhatlar uchun
set – tartiblanmagan unikal ob`ektlar kollektsiyasi uchun
frozen set – set singari, faqat u o‟zgartirilishi mumkin emas (immutable)
dict – lug'atlar uchun. Har bir element kalit so'z va qiymat juftligi ko'rinishida ifodalaniladi
Bu ma'lumot turlaridan ko'p foydalanadiganlarni ko'rib chiqamiz.
# boolean
label = True
# int
age = 21
# float
price = 18.99
# complex
a = 3j + 1
# string
s = 'Matn bor.'
# list
lst = ['olma', 'banan', 'nok', 15]
# tuple
tp = ('malibu', 'cobalt', 2018, 'hyundai')
# set
st = {1, -2, 0, 5, -4}
# dict (lug'at)
inson = {
'ism': 'Bobur',
'familiya': 'Nurmetov',
'yosh': 23,
'kasb': 'tadbirkor',
'tel': 912345678
}
Ma'lumotlarni ekranga chiqarish
ism = 'Kamol' # string
yosh = 19 # int
vazn = 67.8 # float
info = ism + ' ' + str(yosh) + ' yoshda.' + ' Vazni ' + str(vazn) + ' kg.'
print(info)
Agar siz o'zgaruvchining ma'lumot turini ko'rsatmoqchi bo'lsangiz, bu kasting bilan amalga oshirilishi mumkin.
a = str(Abror7565) # 'Abror7565'
b = int(2.4) # 2 butun son
c = float(5) # 5.0 haqiqiy son
d = list(range(6)) # ro'yhat [0, 1, 2, 3, 4, 5]
O'zgaruvchilarning turini aniqlash
O‟zgaruvchilarning turini aniqlashda type() – funksiyasidan foydalaniladi.
ism = 'Xurshid'
print(type(ism))
# <class 'str'>
yosh = 31
print(type(yosh))
# <class 'int'>
x = 3j + 2
print(type(x))
# <class 'complex'>
SONLAR (NUMBERS)
Pythonda sonlarning 3 ta turi mavjud:
int (Butun sonlar)
float (Haqiqiy sonlar)
complex (Kompleks sonlar)
x = 17 # int
y = 2.3 # float
z = 2j + 1 # complex
int - Butun son
Butun sonlar - barcha musbat va manfiy sonlar hamda 0 ham kiradi.
x = 11356894
y = -282454116
z = 0
print(type(x))
print(type(y))
print(type(z))
float - haqiqiy son
x = 8.78
y = 1.0
z = 1e-2
print(type(x))
print(type(y))
print(type(z))
complex - Kompleks son
x = 2j + 1
y = 1j
print(type(x))
print(type(y))
Ko'p o'zgaruvchiga qiymat berish
a, b = 24, 15.6
Bunda a
o'zgaruvchiga 24
qiymatini, b
ga esa 15.6
qiymatini yuklaydi. Bu usulni faqat 2 ta o'zgaruvchiga qiymat berish uchun emas, ko'plab o'zgaruvchilarga qiymat berish uchun qo'llashimiz mumkin.
input()
funksiyasi
input()
funksiyasiPythonda foydalanuvchi ham ma'lumot kiritishi mumkin. Bunda input()
operatoridan foydalanamiz.
ism = input()
# 'ism' o'zgaruvchisi string tipida
print(ism)
Bu kodda sizdan ism kiritishni so'raydi. Kiritganingizdan keyin uni ekranga chiqaradi. input()
funksiyasi yordamida kiritilgan ma'lumot string tipida bo'ladi. Uni int() funksiyasi orqali songa aylantirib olishimiz mumkin:
son = int(input())
# 'son' o'zgaruvchisi int tipida
print(son + 5)
print(son * son)
Bir nechta o'zgaruvchini kiritish
a, b = input().split()
a = int(a)
b = int(b)
print(a / b)
Formatli chiqarish
R1, R2, R3 = input().split()
R1 = int(R1)
R2 = int(R2)
R3 = int(R3)
R = (R1 * R2 *R3)/(R1 * R2 + R2 * R3 + R3 * R1)
print('%.2f' % (R))
Arifmetik amallar
Amallar
Belgi
Kod
Qo'shish
+
a + b
Ayirish
-
a - b
Ko'paytirish
*
a * b
Bo'lish
/
a / b
Qoldiqli bo'lish
%
a % b
Butunli bo'lish
//
a // b
Daraja
**
a ** b

math
kutubxonasi
math
kutubxonasiBu kutubxonada matematik hisob-kitoblarni bajaruvchi funksiyalar joylashgan..
sqrt()
- qavs ichida berilgan qiymatning kvadrat ildizini qaytaradi
sqrt()
- qavs ichida berilgan qiymatning kvadrat ildizini qaytaradifrom math import sqrt
x = 1600
print(sqrt(x))
Bu yerda esa
Javob: 40.0
pow(x,y)
- x ning y-darajasini qaytaradi
pow(x,y)
- x ning y-darajasini qaytaradifrom math import pow
print(pow(3, 2))
Javob: 9
log2(x)
va log10(x)
- x
ning 2 va 10-lik logorifmini qaytaruvchi funksiyalar
log2(x)
va log10(x)
- x
ning 2 va 10-lik logorifmini qaytaruvchi funksiyalarfrom math import log2, log10
print(log2(8))
print(log10(100))
Javob: 3; 2
pi -π ning qiymatini saqlovchi o'zgaruvchi
from math import pi
print(pi)
math
ichidagi ayrim funksiyalar
math
ichidagi ayrim funksiyalarFunksiya
Funksiya ta'rifi
ceil(x)
x dan katta yoki teng bo'lgan eng kichik butun sonni qaytaradi
fabs(x)
x ning absolyut qiymatini qaytaradi
floor(x)
x dan kichik yoki teng bo'lgan eng yaqin butun sonni qaytaradi
exp(x)
ni qaytaruvchi funksiya
cos(x)
ni qaytaruvchi funksiya
sin(x)
ni qaytaruvchi funksiya
tan(x)
ni qaytaruvchi funksiya
atan(x)
arctang(x) ni qaytaruvchi funksiya
e
Matematik konstanta (2.71828...)
AMALIYOT
O'lchami x bo'lgan kubning hajmini toping?
x = input()
print(int(x) ** 3)
1 - 30 gacha bo'lgan misollar algo.ubtuit.uz saytidan.
Last updated
Was this helpful?