Shart operatorlari (if, elif, else)

Tarmoqlanuvchi operatorlar.

Tarmoqlanuvchi jarayonlar

Agar algoritm qadamlari ketma-ket bajarilish jarayonida qandaydir shartga bo’gliq ravishda o’zgarsa, bunday algoritm tarmoqlanuvchi algoritm deb nomlanadi. Shart bu mantiqiy ifoda bo’lib, faqat rost yoki yolg’on qiymatni qabul qiladi. Agar shart rost bo’lsa True, yolg’on bo’lsa False tarmog’i bo’yicha algoritm qadami davom etadi. Masalan 2 ta sonni taqqoslashdan tortib murakkab shartlargacha.

a = 5
b = 6.7
print(a > b)
print(a == b)
print(a < b)

if, elif va else operatorlari

if operatoridan shartlarni tekshirishda foydalaniladi. Agar shart bajarilmasa else qismiga (agar bo'lsa) o'tadi.

a = 45
b = 111
if a > b:
    print(a, 'katta', b, ' dan')
else:
    print(a, 'katta emas', b, 'dan')

Bu kodimizni yanada aniqroq ham qilishimiz mumkin.

a = 45
b = 111
if a > b:
    print(a, 'katta', b, ' dan')
elif a == b:
    print(a, 'teng', b, 'ga')
else:
    print(a, 'katta emas', b, 'dan')

and, or va not

Ushbu operatorlar bir nechta shartlarni birlashtirib tekshirish uchun foydalaniladi.

Operator

Ishlatilishi

Qisqa shakli

and

Shartlar rost bo'lsa, rost qaytaradi

&

or

Shartlarni kamida bittasi rost bo'lsa, rost qaytaradi

|

not

Shart qiymatini teskarisiga o'zgartiradi (rost bo'lsa yolg'on, yolg'on bo'lsa rost)

!

Amaliyot

algo.ubtuit.uz saytidan 31-60 masalalar

Last updated

Was this helpful?